Zakovat savoli #2363
1848-yilning 15-mart kuni San-Fransiskoda nashr qilinuvchi "Kaliforniyalik" nomli gazeta o'zining shov-shuvli yangiligini e'lon qiladi. Bu yangilik aholi o'rtasida o'ziga xos effektning paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi. Natijada ikki oy o'tmasdan aniqroģi shu yilning 29-may kuniyoq gazeta o'z faoliyatini tòxtatishga majbur bo'ladi. Chunki, aholi endi deyarli u gazetani sotib olmay qo'yadi. D.S. Biz sizdan shov shuvli xabar oqibatida yuzaga kelgan effektni so'ramaymiz. Bir daqiqadan sòng gazeta qanday xabar e'lon qilganligini yozib bering.
Javobni ko'rish
Kaliforniyada oltin koni topildi