Zakovat savoli #23290
Firʼavn Menkaura piramidasi—eng yirik piramidalar o’n ligidan joy olgan bo’lib, uni qurilish uslubi piramidalar olamida yagona hisoblanadi. Ya’ni, firavn memorlari va ishchilar daxmani tosh g’ishtlarini odatiy uzunasiga emas, 90 gradusda ko’ndalang burib terishgan. Keyinchalik maqbaraga bitilgan tosh bitiklarda aynan buning siri yozib ketilgan bo’lib, fransuz olimlarining so’zlariga ko’ra, bunga piramida qurish uchun tanlangan joyda odatiy bir hodisaning o’sha yili qarama-qarshi tarzda kechgani sabab bo'lib, quruvchilarni shunga majbur qilgan. Diqqat savol, oʻsha hodisani yozib bering.
Javobni ko'rish
shamol