Zakovat savoli #23221
Tasavvur qiling, o‘tgan asrning 30-40-yillari. Rossiyaning sovuq hududlaridan biridagi xalq dushmanlari saqlanadigan lagerlardan biridasiz. Lagerning turli burchaklaridan lager oshxonasi tomonga bir nechta temir arqonlar tortilgan. Mahbuslar bu arqonlarni quyosh nurlari deb atashadi.
Savol: Ushbu temir arqonlar qanday maqsadda tortilgan?
Savol: Ushbu temir arqonlar qanday maqsadda tortilgan?
Javobni ko'rish
Gap shundaki, bu lagerda yilning ma'lum vaqtida juda qattiq tuman tushadi va hatto kunduz kuni ham hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. Mahbuslar tumanda adashib qolmaslik uchun ushbu temir arqonlarni ushlab, oshxonaga yetib olishadi. Shuning uchun ham ularni quyosh nurlari deb atashadi.