Zakovat savoli #23085
Arkadiy Xayt hikoyasi qahramoni Mina xolaning aytishicha, reklama katta ish. Tovuq tuxum qo‘yganda qichqiradi, qoqolaydi. O‘rdak esa tuxumni hech bir ovozsiz qo‘yadi. Natijada tovuq tuxumlarini hamma sotib oladi, o‘rdak tuxumlari haqida esa hech kim eshitmagan ham. Mina xola reklamani qanday yo‘lga qo‘ygani noma’lum-ku, lekin uning telefoni erta-yu kech tinmagan. Bizda Mina xola kasb qilib olgan ish bilan hech kim professional tarzda shug‘ullanmasa kerak.
Savol: Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, turkiy tillarda “xabar yetkazuvchi” ma’nosini beruvchi so‘zni yozib bering.
Savol: Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, turkiy tillarda “xabar yetkazuvchi” ma’nosini beruvchi so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Sovchi.