Zakovat savoli #2305
2018-yilgi "Britain's Got Talent" talantlar shousi finaliga shahzoda Garri va Megan Markl tomoshabin sifatida tashrif buyuradi. Qirollik oilasi vakillarining o'zini tutishlari shunchalik nooadtiy ediki odamlar ularni hattoki robotlar deb o'ylashgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha ular haqiqiy Garri va Megan emas balki yollangan aktyorlar ekan. Bu shunchaki Britaniyadagi bir tashkilotning o'ziga xos reklamasi ekani ma'lum bo'lgan. Ushbu tashkilot 2019-yilda Toshkentda ham faoliyat yurita boshlagan.
Diqqat savol: Qanday tashkilot haqida gap ketmoqda?
Diqqat savol: Qanday tashkilot haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish
Mum haykallar muzeyi