Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #23030

Zakovat savoli #23030

Bir maqolada Sobiq Ittifoq rahbari Leonid Brejnev bu filmda mamlakat me’morchiligi ko‘rimsizligi sezilib qolganini ta’kidlagan. Shuningdek, yangi turar joy binolarining o‘ziga xosligi, originalligi yo‘qligini ham film yaqqol ko‘rsatib berganini aytgan. Filmning suratga olish ishlari martdan yozgacha davom etgani film ijodkorlari uchun ancha qiyinchilik tug‘dirgan ekan. Chunki voqealar qishda yuz beradi.
Savol: Bu qaysi film?
Javobni ko'rish

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar