Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22721

Zakovat savoli #22721

Shoir bu asarini umrining so‘nggi yillarida yaratdi va uni “Ko‘ngillarning sevgani” deb atadi. Bu nom bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol etadigan, o‘zgalar qarshisida go‘zal, oliyjanob ko‘rsatadigan xislatlar jamlanganini anglatmoqchi bo‘ldi. Darhaqiqat, muallif ko‘zlagan maqsad nafaqat asar nomida, ayni chog‘da uning butun ma’no-mazmunida, ta’rif-u tafsilotlarida to‘la mujassamdir.
Savol: Asarning haqiqiy nomini yozib bering.
Javobni ko'rish

Mahbub Ul-qulub.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar