Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22701

Zakovat savoli #22701

Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng Hindistondagi hind va musulmon diniy jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashadi. Buning ustiga urushdan so‘ng ko‘p davlatlarda bo‘lgani kabi Hindistonda ham Shunday holat yuzaga kelishni boshladi. Bu holat Buyuk Britaniyani tezroq Hindistonni tark etishga undagan sabablardan biri edi. Tarixga nazar solsak, Shunday holat asosan qamalda qolgan shahar va qal’alarda ro‘y beradi.
Savol: Shunday holat deganda nima nazarda tutilganini yozib bering.
Javobni ko'rish

Ocharchilik.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar