Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22629

Zakovat savoli #22629

Ushbu laqabning paydo bo‘lishi 1812-1815-yillardagi AQSh-Angliya urushi paytida amerikalik askarlarga go‘sht yetkazib berib turgan savdogar Semuel Uilsonga taqaladi. Semuel Uilson yetkazib berayotgan mol go‘shti solingan bochkalarga “United State” – “Qo‘shmna shtatlar” so‘zining birinchi harflaridan iborat “U.S.” tamg‘asini bosgan. Ammo askarlar bu qisqartmaga boshqacha kengaytirib o‘qishni o‘ylab topganlar. Ushbu laqab AQShga nisbatan ko‘p qo‘llaniladi.
Savol: Ushbu laqabni 2 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Sem amaki.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar