Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22495

Zakovat savoli #22495

G‘arbdagi barlarda kovboylar o‘rtasida janjal chiqib qolsa pianinochiga o‘q uzish holatlari ko‘p kuzatilgan. Shu sabab pianino yonidagi devorda "Pianinochini otmang, u qo‘lidan kelganicha chaladi" mazmunidagi yozuv osib qo‘yilgan.
Yuqoridagi ibora bo‘yicha bir latifa ham mavjud :
"G‘arbda kovboy barga kiradi va pianino tepasidagi shu yozuvga ko‘zi tushadi, lekin pianinochining o‘zi yo‘q edi.
- Pianinochi qani? - hayron bo‘ladi kovboy.
- Bilasizmi, kecha barga kovboy kirgandi. U ... ekan."
Savol: Savol latifada biz tushurib qoldirgan so‘z yoki so‘zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish

Savodsiz.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar