Zakovat savoli #22415
Joy nomlarining kelib chiqishi o`z tarixiga ega. Masalan, Parkent so`zi “upar” – yuqori, baland so`zidan kelib chiqqan va “yuqoridagi shahar” ma`nosiga ega degan farazlar bor. Piskent esa forscha “bis” ya`ni 20 so`zi bilan bog`lanib, “yigirma uylik shahar” degan ma`noga ega degan taxmin ham mavjud. Diqqat savol: Tadqiqotchilar qaysi shahar nomini “Chinliklar shahri” ma`nosiga ega deyishadi?
Javobni ko'rish
Javob: Chinoz.