Zakovat savoli #22408
O'zbek urf-odatlariga ko'ra, sovchilikka borganda "Onasini ko'rib qizini ol" maqoliga rioya qilinadi va dastlab mehmonga borilganda qizning onasi bilan suhbatlashiladi. Bu jarayonda kuyovning onasi doimo yonida bir ayol bilan bo'lishi odat tusiga kirgan. Bu yigitning ammasidir, xolasidir yoki qo'shnisidir farqi yo'q, kimdir bo'lishi shart. Mana shu holatning o'zi o'zbek xalqining naqadar andishali ekanligini ko'rsatadi. Diqqat savol: Onalar nimadan qochish maqsadida o'z yoniga yana bir ayolni qo'shib olishadi?
Javobni ko'rish
Javob: O'z o'g'lini maqtamaslik uchun.