Zakovat savoli #2235
Grenlandiya va Kanadaning eng shimoliy Ellesmir orolini ajratib turuvchi Kennedi bo‘g‘ozida, Xans oroli mavjud. Ushbu orol Kanada va Daniya davlatlaridan qaysi biriga tegishli ekanligi haligacha hal qilinmagan. Lekin bu orolda, «ma’daniyatli urush», bir-birini hurmat qilgan holda o‘ziga xos urush olib boriladi. Unga ko‘ra, bir necha oyda bir marta, Kanada yoki Daniya qo‘shinlari navbat bilan orolga qo‘nishadi, o‘zlarining harbiy mashg‘ulotlarini olib borishadi. Bundan tashqari, qaysi davlat harbiylari orolga qo‘nishsa, narigi davlat bayrog‘ini tushurib, o‘z bayroqlarini ko‘tarishadi. Eng qizig‘i, ular buni orolni qo‘lga olish deb hisoblashadi va g‘alabani nishonlashadi.
Diqqat savol: Mavzudan uzoqlashmagan xolda ular g‘alabani qanday nishonlashni aniq yozib bering.
Diqqat savol: Mavzudan uzoqlashmagan xolda ular g‘alabani qanday nishonlashni aniq yozib bering.
Javobni ko'rish
Raqiblar tomonidan qoldirib ketilgan ichimliklar bilan.