Zakovat savoli #22340
Davom etamiz. BOʻSHLIQ juft undosh harflardan boshlanuvchi ikki soʻzni almashtirib keladi. Ulardan biri xorijiy.
Rassom Marina Abrámovich ijodidagi asosiy vosita mato va boʻyoqlar emas, balki tana, harakat, tomoshabin qarshisida SHU YERDA va HOZIRNING OʻZIDA MAVJUD boʻlishdir. Abrámovich hushidan ketgunicha karbonat angidrid bilan nafas olgan, qonga belangan suyaklarni yuvgan, qarshisida oʻtirganlarning koʻziga sukut saqlab tikilgan. 2026-yilda u 80 YOSHGA toʻlsa-da, oʻzining “BOʻSHLIQ” “unvonini” ancha oldin olgan.
SAVOL: BOʻSHLIQ oʻrnidagi soʻzlarni yozib bering.

Javobni ko'rish
PERFÓRMANSNING BUVISI