Zakovat savoli #22337
Nurota, Ozarbayjon va Turkiya gilamlarida 10 dan ortiq shoxsimon gajaklar bilan oʻralgan pogʻonali romb shaklidagi qadimiy naqsh uchraydi. Tadqiqotchilar fikricha, uning shoxlari shunchaki bezak boʻlmagan. Versiyalardan biriga koʻra, ular Yupiterning Quyosh atrofidagi aylanishini bildirib, hayotiy jarayonlar takrorlanishining majoziy namunasi boʻlgan.
SAVOL: ushbu naqshda qaysi qadimiy taqvim tasvirlangan?
SAVOL: ushbu naqshda qaysi qadimiy taqvim tasvirlangan?
Javobni ko'rish
MUCHAL (TAQVIMI).