Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22328

Zakovat savoli #22328

Savoldagi IKS — bu almashtirish. Koreya hukmdori Txejon 1404-yilda otdan yiqilgach, birinchi navbatda oʻz sogʻligʻi haqida emas, balki bu xodisani IKS koʻrgan-koʻrmaganini soʻragan. IKS yaqin atrofda ekanligini bilgach, hukmdor mulozimlariga voqeani sir saqlashni buyurgan. Biroq, IKSning sharofati bilan nafaqat hukmdorning yiqilishi, balki ushbu buyruq ham bizgacha yetib kelgan.
SAVOL: IKS kim boʻlgan?
Javobni ko'rish

Solnomachi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar