Zakovat savoli #22309
20-asrning birinchi yarmida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda respondentlarning deyarli yarmi o‘z tushlarini QORA-OQ TUSDA ko‘rishlarini ta’kidlashgan. Biroq 20-asr o‘rtalaridan keyin bunday tush ko‘radiganlar ulushi 4-5 foizgacha tushib ketdi. Olimlar bu keskin o‘zgarishni psixologik kasalliklar bilan emas, balki bir yangilik bilan bog‘lashadi.
Savol: Odamlarning bunday tush ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatgan yangilikni ikki so‘zda yozib bering.
Savol: Odamlarning bunday tush ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatgan yangilikni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Rangli televizor.