Zakovat savoli #22246
O‘tkazilgan tajribalarda qurbaqani qulay haroratdagi suv to‘ldirilgan idishga solib, keyin past olovga qo‘yishgan. Suv juda sekin qizigani uchun qurbaqa moslashgan va biroz noqulay sharoitga ko‘nikkan. Suv qaynoq holatga kelganda esa qurbaqada sakrash uchun kuch qolmagan. Hozirdagi insoniyatning asosiy muammolaridan birini ham shu tajriba bilan tushuntirib berishadi. Bu muammo haqidagi maqolada qutb ayiqlarining yarmidan ko‘pi 2050-yilda qirilib ketishi mumkinligi yozilgan.
Savol: Qaysi muammo haqida gap ketmoqda?
Savol: Qaysi muammo haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish
Global isish.