Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #2223

Zakovat savoli #2223

Kalila va dimna asarida Boyqush va qarg’a hikoyasi
Qarg’alar va boyqushlar azaldan bir birlariga dushman bo’lishadi, bir gala qushlar maslahatlashib Boyqushni o’zlariga podshoh qilib tayinlamoqchi bo’ldilar, ular bir joyga yig'ilib bu borada kengasha boshladilar, shu vaqt uzoqdan ko'ringan qarg'a ham muhokamaga aralashadi va: “Boyqushga tobe' bo’lib, uning aql idroki bilan yashagandan ko’ra o’z aql idrokimiz bilan yashaganimiz ma'qulroq, chunki, boyqush zohiran qushlarning eng xunugi, botiniy jihatdan eng iflosidur, bundan tashqari boyqush bu ishni qila olmaydi” – deya o'z e'tirozini tugatadi. Natijada qushlar ham o’z fikrlarini o’zgartirishadi.
Diqqat savol: Bu ish o’rnidagi so’zlarni toping!
Javobni ko'rish

Kunduzi ko’rmaydi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar