Zakovat savoli #22216
Erkin Vohidov “So‘z latofati” asarida mushtketdi o‘yini qoidalarini tushuntirib bergan. O‘yinda bir necha bola yonma-yon joylashib, faqat qo‘shnisi bilan muloqotda bo‘ladi. Bu o‘yinda toshbaqa so‘zi moshkichiriga aylanib ketishi ham mumkin bo‘lgan. Asarda izoh berilgan bu o‘yin asosan chet tili darslarida keng qo‘llaniluvchi bir o‘yinning o‘zbekchi muqobili hisoblanadi.
Savol: O‘sha o‘yin nomini ikki so‘zda yozib bering.
Savol: O‘sha o‘yin nomini ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
“Buzuq telefon”.