Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22059

Zakovat savoli #22059

70-yillar boshida Dadaxon Nuriy boshchiligida bir guruh ijodkorlar Erkin Vohidovning “Oltin devor” pyesasini sahnalashtirish uchun Karachi shahriga borishadi. Dadaxon Nuriy garchi bu mamlakatga birinchi marta borayotgan bo‘lsada, lekin yo‘l davomida sheriklariga aholi soni, ko‘chalarning qanday ekanligi, havoning dimligi, mahalliy odatlar kabi ma’lumotlarni berib boradi va ko‘pchilikni ajablantiradi. Aslida bu ma’lumotlar sababchisi 1949-yilda yozilgan esdalik asar edi.
Savol: Ushbu asar muallifi kim?
Javobni ko'rish

[Muso Toshmuhammad o‘g‘li] Oybek

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar