Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #22023

Zakovat savoli #22023

Diktator Fransisko Masias Ngema boshqaruvi davrida Ekvatorial Gvineyada maktab, oliygoh, kutubxonalar yopilgan. 300 ming aholiga ega davlatda 50 ming kishi o‘ldirib yuborilgan. Cherkovlarda ruhoniylar “Fransisko Masias Ngemadan boshqa xudo yo‘q” degan shiorlarni takrorlashga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat davlat to‘ntarishi uyushtirilgan. Fransisko hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Marokashdan harbiy bo‘linma chaqirilgan.
Savol: Marokashlik harbiylar qanday ishni amalga oshirish uchun chaqirilgan?
Javobni ko'rish

Fransisko Masias Ngemani qatl etish uchun.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar