Zakovat savoli #21987
Hans turli kasalliklardan aziyat chekadigan odamlarda oʻxshash: zaiflik, ishtahaning yoʻqolishi, vazn kamayishi, mushaklar zaiflashuvi, befarqlik kabi alomatlar haqida oʻylanib qolgan. Kuzatuvlari natijasida Hans “umumiy adaptatsion sindrom” haqida maqola chop etgan. “Umumiy adaptatsion sindrom” keyinchalik U nomini olgan. Aytish mumkinki, bugungi “Zakovat” oʻyini ham baʼzi qatnashchilar uchun U.
Savol: Uni inglizchadan kelib chiqqan bir soʻzda yozib bering.
Savol: Uni inglizchadan kelib chiqqan bir soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish
Stress.