Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #21929

Zakovat savoli #21929

Astroturfing atamasi - odamlar, tashkilotlar va ularning faoliyatini keng jamoatchilik tomonidan sun’iy qo’llab-quvvatlashni bildiradi. 1985-yilda senator Lloyd Bentsen o‘ziga yuborilgan xatlar haqida gapirib, xatlarnimg ko‘pchiligi keng jamoatchilik tomonidan emas, sug‘urta lobbichilari tomonidan yozilganini aytib, haqiqiy ildizlarni ajrata olishini qayd etgan. Shuningdek “Astroturf” bir kompaniya nomi. “Paxtakor” stadionini ta’mirlashda “Astroturf” kompaniyasi mahsulotidan foydalanishgan bo‘lishi mumkin.
Savol: “Astroturf” kompaniyasi asosan nima ishlab chiqaradi?
Javobni ko'rish

Sun’iy o‘t.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar