Zakovat savoli #21884
Vladimir Nabokovning “Valsning ixtirosi” nomli pyesasi voqealari masofadan turib istalgan joyda portlashni yuzaga keltiruvchi ixtironi oʻylab topgan telba Salvador Vals atrofida boʻlib oʻtadi. Dastlab, Salvador Valsni ruhiy nosogʻlom deb hisoblashadi va uning ixtirosiga hech kim qiziqish bildirmaydi. Biroq, keyinchalik Vals mamlakat hukmdoriga aylanadi. Asar soʻngida esa Salvador Vals BU ISHNI QILADI va hamma narsa joy-joyiga tushadi. 1930 yillarda yozilgan boshqa bir pyesaning bosh qahramoni boʻlgan ixtirochi ham asar soʻngida BU ISHNI QILGANDAN soʻng, hamma narsa joy-joyiga tushgan.
Savol: BU ISHNI bir soʻz bilan yozib bering.
Savol: BU ISHNI bir soʻz bilan yozib bering.
Javobni ko'rish
Uygʻonadi