Zakovat savoli #21870
Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingan Fransiyada mahalliy qarshilik ko‘rsatish harakati a’zolari o‘zaro yashirin uchrashuvlardan keyin tarqalayotganda, fransuzcha an’anaviy “Au revoir” [a revuar] so‘zini ishlatishmagan. Chunki fashistlar ta’qibi ostida ularning qayta ko‘rishishi deyarli imkonsiz edi. Buning o‘rniga ular o‘zaro suhbat yakunida qisqacha qilib boshqa bir ispancha mashhur so‘zni aytishgan. Bu so‘z “Xudo huzurida” degan ma’noni anglatadi va odatda odamlar abadiy ajralishayotganda aytiladi.
Savol: Ushbu ispancha so‘zni yozib bering.
Savol: Ushbu ispancha so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Adios