Zakovat savoli #21868
19-asr o‘rtalarigacha kasalxonalarda jarrohlik amaliyoti o‘ta dahshatli kechgan. Chunki bemorlar operatsiya vaqtidagi og‘riqdan aqldan ozishgan yoki shok holatiga tushib vafot etishgan. Shuning uchun o‘sha davr shifokorlarining asosiy mahorati bemorni davolashda emas, balki operatsiyani juda qisqa soniyalarda tugatishda bo‘lgan. 1846-yilda shifokor Uilyam Morton birinchi marta jarrohlikda Undan foydalanganidan so‘ng, tibbiyotda mutlaqo yangi davr boshlandi.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Narkoz (Anesteziya).