Zakovat savoli #21857
Zahiriddin Muhammad Boburning yozishicha, bir gal oyog‘idan yaralanganida tog‘asi yordamga bir mo‘g‘ul mutaxassisini yuboradi. Bobur bu mutaxassisni o‘z asarida “bisyor hoziq”, ya’ni juda mahoratli edi deb ta’riflaydi. Qizig‘i, mo‘g‘ullar bunday mutaxassislarni ham, bugungi kunda doston aytuvchi san’atkorlarni ham bitta so‘z bilan atashgan.
Savol: Boburni davolagan mo‘g‘ul mutaxassisi qanday ikki bo‘g‘inli nom bilan atalgan?
Savol: Boburni davolagan mo‘g‘ul mutaxassisi qanday ikki bo‘g‘inli nom bilan atalgan?
Javobni ko'rish
Baxshi