Zakovat savoli #21852
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining mashhur lug‘atida ushbu so‘zni ikki xil ma’noda: “fusungar” (afsungar) va “kohin” deb izohlaydi. Bu toifa vakillari dardga chalingan odamni davolash uchun tushunarsiz so‘zlarni aytib, “arvash” o‘qishgan. Bugungi kunda bu tushunchaning o‘rnini ko‘proq “shaman” so‘zi egallagan bo‘lsa-da, qadimgi turklarda u qisqa, bir bo‘g‘inli so‘z bilan atalgan.
Savol: Ushbu so‘zni yozib bering.
Savol: Ushbu so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Qam