Zakovat savoli #21807
1153-yili ogʻizlarga qarshi jangda Sulton Sanjar yengiladi, o‘zi asirga olinadi va 1156-yilning kuz oyida asirlikdan qochadi hamda Termiz shahriga keladi. Tarixchilardan Juvayniy va Ravandiyning yozishicha, ushbu voqealar davomida Termiz shahri Xurosonning IKSiga aylanadi. Yaʼni, Sulton Sanjar Termiz shahridan turib, atrofdagi barcha hukmdorlarga unga kelib qo‘shilishi haqida murojaat qilgan. Yurtimizdagi IKS nomli bank esa oʻz faoliyatini 2018-yil 13-oktyabrda boshlagan.
Savol: IKS oʻrnidagi bir soʻzni toping.
Savol: IKS oʻrnidagi bir soʻzni toping.
Javobni ko'rish
Poytaxt