Zakovat savoli #21789
Qo‘ng‘irotlarning qadimiy kiyimi bo‘lgan IKS qo‘y yoki tuya junidan to‘qilgan astarsiz, faqat avradan iborat bo‘lib, chopon ustidan kiyilgan. Qadimdan vohada IKSning tivitli, bosma kabi turlari bo‘lgan. IKS yaylovlarda hozir ham kundalik kiyim sifatida kiyiladi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida “Fo‘ta ber, o‘t ber, to‘n-u IKS ber menga” degan jumlalar bor.
Savol: Ushbu kiyim nomini yozib bering.
Savol: Ushbu kiyim nomini yozib bering.
Javobni ko'rish
Chakmon