Zakovat savoli #21533
Yaponiyaning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tokushima prefekturasida turli sohalarni o‘zida jamlagan texnologik maktab ochilishi va unga yirik kompaniyalar investitsiya kiritishi haqida yozilgan maqola: “Uyqudagi yapon shahri Osiyoning ALFAsiga aylanishi mumkinmi?” deb nomlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hyulett-Pakkard kompaniyasining oskillator ishlab chiqarishi ALFA g‘oyasining boshlanish nuqtalaridan biri bo‘lgan.
Savol: ALFA bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering.
Savol: ALFA bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Silikon vodiysi.