Zakovat savoli #21386
Savolda bir so‘z bir necha joyda tushib qolgan.
Abdulloh ibn al-Xanzaliy al-Marvaziy 8-asrda yashagan qomusiy olim bo‘lib, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. Koʻp mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida Abu Hanifa bilan ko‘rishgan va uning eng mumtoz shogirdlari safidan o‘rin olgan. Imom Buxoriyning otasi – Ismoil Abdulloh al-Xanzaliyning shogirdlaridan bo‘lgan. 1974-yildan beri shahar hisoblanib keluvchi aholi punkti nomi ushbu insonga atab barpo qilingan Xo‘ja qishloq nomidan olingan.
Savol: Tushirib qolgan so‘zni yozib bering.

Javobni ko'rish
Muborak