Zakovat savoli #21223
Spogomi - bu Yaponiyada paydo bo‘lgan, chiqindi yig‘ishga asoslangan sport turi. Musobaqalarda uch kishilik jamoalar qatnashadi. G‘olib jamoa to‘plangan chiqindilarning miqdori va turi asosida aniqlanadi. Har bir chiqindi turiga alohida ball belgilanadi. Bu sport turida U eng yuqori ballni olib keladi. Sababi Uni yig‘ishga ancha kuch va vaqt sarflanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, atiga bir dona U 1000 litr suvni ifloslantirar ekan.
Savol: Uni yozib bering.
Savol: Uni yozib bering.
Javobni ko'rish
Sigaret qoldig‘i