Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #21217

Zakovat savoli #21217

Yaqinda italiyalik arxeologlar temir davriga oid odam qoldiqlarini oʻrganib, odamlarning nimalarni iste’mol qilishganini deyarli toʻliq aniqlashdi. Bunday aniqlikka mikroskopik qoldiqlar, bakteriyalar va molekulalarni oʻzida saqlab qolgan Ular sababli erishildi. Mutaxassislar Ular paydo boʻlmasligi uchun gigiyena qoidalariga rioya qilishni, har kuni xom sabzavot va mevalar iste’mol qilishni tavsiya etishadi.
Savol: Ularni bir harf bilan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Tish toshlari

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar