Zakovat savoli #21102
1922-yilda folklorshunos olim G‘ozi Olim Yunusov o‘zbek qavmlarining kelib chiqishi haqidagi qiziqarli etnogenealogik afsonani yozib olgan. Unga ko‘ra, o‘zbeklarning tubi bir bo‘lib, 92 bolaning barchasi dastlab bitta IKS ichida bo‘lgan va ularning otasi afsonaviy bo‘ri hisoblangan. Turk oshxonasida qo‘y terisi ichida bir necha oy davomida yetiltiriladigan maxsus pishloq turi ham IKS deb ataladi.
Diqqat savol: IKSni unlilari bir xil bo‘lgan bir so‘zda yozib bering.
Diqqat savol: IKSni unlilari bir xil bo‘lgan bir so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Tulum