Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #21048

Zakovat savoli #21048

Ta’lim tizimidagi korrupsiya hamda ijtimoiy muammolarni tanqid qiluvchi karikaturada pora evaziga olingan sertifikat bilan barcha to‘siqlardan osongina o‘tib ketishga ishora qilinadi. Karikaturada sertifikat IKS ko‘rinishida tasvirlangan. Rivoyatlarda eng katta IKS Sulaymon payg‘ambarga tegishli bo‘lgani, unga 40 mingtagacha askar sig‘a olgani va kuchli shamol yordamida harakatlangani aytiladi.
Savol: IKSni ikki so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish

Uchar gilam

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar