Zakovat savoli #21005
Orxan Pamukning “Ma’sumiyat muzeyi” asarida bosh qahramon sevgilisini xotirlab u qoldirgan turli narsalarni yig‘ib muzey yaratadi. Istanbulda mazkur asar asosida haqiqiy muzey ham tashkil etilgan bo‘lib, muzey eksponatlari orasida 4213 ta IKSlarni ham ko‘rish mumkin. Britaniyalik olimlar aniqlashicha, qushlar in qurishda IKSlardan insektitsid sifatida foydalanar ekan. IKS nimaligini 2 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
sigaret qoldiqlari.