Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20986

Zakovat savoli #20986

Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asarida uloqda ishtirok etuvchi chekkagir chavandozlar haqida soʻz yuritiladi. “Chekkagir chavandoz toʻda chekkasida poylab yuradi. Chekkagirlar toʻdadan uloq ololmaydi. Chekkada turib, tayyor oshni poylaydi. Uloq toʻdadan chiqdimi, boʻldi, chekkagir uloqni tulkiday ilib ketadi. Shu sababli-da ularni chekkagir deydilar”. Chekkagir chavandozlar haqida yozgan asar muallifi olti soʻzli xalq maqolini eslab oʻtadi.
Savol: Ikkita soʻzi bir xil, ikkita soʻzi qofiyadosh boʻlgan ushbu maqolni yozib bering.
Javobni ko'rish

Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq, xirmonda hozir.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar