Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20976

Zakovat savoli #20976

“1984” asarida yozilishicha, insonlar faqatgina davlat dushmaniga nisbatan oʻz hissiyotlarini koʻrsatishlari mumkin edi. Davlat tomonidan taqiqlangan hollarda hissiyotini har qanday shaklda koʻrsatish tizimga qarshilik belgisi sifatida baholanardi. Shu sababli Uinston asab tizimini insonning eng yovuz dushmani deb hisoblagan. Zero asabi taranglashgan insonning hissiyotlari tashqi koʻrinishida aks etib qolib, oʻzini sotib qoʻyishi mumkin. Uinstonning fikricha, oʻzini sotib qoʻyishda hammasidan ham xavflisi BU ISHNI QILISHDIR. Chunki buni nazorat qila olmaysiz. Shtirlits BU ISHNI QILIB oʻzini sotib qoʻyishdan xavfsiragani haqida bir nechta latifa ham mavjud.
Savol: BU ISHNI QILISH nimaligini yozib bering.
Javobni ko'rish

Uyquda gapirish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar