Zakovat savoli #20597
Savol matnida bir so‘zdan harf tushirib qoldirilgan.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida ILM inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘i, odamiylik olamining javohirga boy tog‘i deb ta’riflanadi. ILM natijasida odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi; ILM tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.
Savol: Harf tushirilgan so‘zni asl holida yozib bering.

Javobni ko'rish
Hilm