Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20454

Zakovat savoli #20454

Britaniyaning Norlend kolleji bolalar tarbiyasi yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Kollejda nafaqat bolalarning tarbiyasi, balki xavfsizligini ham ta'minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar, xususan o‘zini-o‘zi himoya qilish hamda avtomobilda ta'qibdan qochish kabi kurslar ham o‘tiladi. Norlend kolleji haqidagi bir maqola sarlavhasida ikki mashhur familiyani uchratish mumkin. O‘zaro juft undoshlardan boshlanuvchi ushbu ikki familiyani yozib bering.
Javobni ko'rish

Poppins, Bond.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar