Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20217

Zakovat savoli #20217

Is’hoqxon Ibrat Uni voqelikdan uzilib qolgan hukmdor deb ta’riflab, xalqning ahvoli bilan ishi bo‘lmay, qush ovlab, bo‘ri quvlab yurganini yozadi. Amerikalik diplomat Yujin Skayler Uning davrida xalqning qiyinchiliklari haqida yozar ekan, hattoki hovuz bo‘yida yashovchilardan zuluk, ko‘chalarda hayvonlar bilan tomosha ko‘rsatuvchilardan hayvon, o‘tin teruvchilardan esa o‘tin solig‘i olinganini qayd etadi.
Savol: Uning kim ekanligini yozib bering?
Javobni ko'rish

Xudoyorxon.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar