Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20011

Zakovat savoli #20011

Savolda bir so‘zdan 2 o‘rinda harflar tushurib qoldirilgan.
Jurji Zaydonning “Farg‘ona kelini” asari hijriy 221-yillardagi voqealarini o‘z ichiga oladi. Yozuvchi o‘sha davrdagi Farg‘onani ta’riflar ekan, barcha uylar kesak devorli pastqam uylar ekanini, faqat 2 bino ulardan farq qilishini yozadi. Bulardan birinchisi “Marzubon” ya’ni hokimning uyi, ikkinchisi esa oshxona. Qidiruv saytlarida oshxona haqida qidiruv bersangiz ilk paravoz va teplovozlar haqida ham ma’lumotlarni topasiz.
Savol: Harflari tushurib qoldirilgan so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Otashxona

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar