Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #20000

Zakovat savoli #20000

O‘zining marmar toshlari bilan mashhur Navoiy viloyatidagi G‘ozg‘on shaharchasi aholisining katta qismi tosh yo‘nish, marmarga ishlov berish va sayqallash bilan shug‘ullanadi. Ko‘rimsiz va qiyshiq marmarlardan ham san’at asari yaratishadi. Bir maqolada G‘ozg‘on hunarmandlariga “BU ISHNI QILGANLAR” deya ta’rif berilgan. Fransuz tadqiqotchisi Jan Fransua Shampalyonga nisbatan ham BU ISHNI QILGAN deyish mumkin.
Savol: BU ISHNI QILISH so‘zlari o‘rnidagi bir xil harflar bilan boshlanuvchi 3 so‘zni toping.
Javobni ko'rish

Toshning tilini topish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar