Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1999

Zakovat savoli #1999

XVII asr birinchi choragida Usmoniylar sultoni Ahmad I Istanbul shahridagi Ayo Sofiya ibodatxonasining ro‘parasiga undan ham hashamatli bo‘lgan masjid qurishga buyruq beradi. Xalq orasidagi gap-so‘zlarga ko‘ra, sulton masjid me’moriga minoralar SHUNDAY bo‘lsin deb buyruq beradi. Lekin me’mor sultonning gapini noto‘g‘ri eshitib olishi natijasida, minoralar BUNDAY quriladi.
Savol: SHUNDAY va BUNDAY so‘zlari o‘rnidagi bir-biridan bitta harfga farq qiluvchi so‘zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish

SHUNDAY - Oltin, BUNDAY - Olti

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar