Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1988

Zakovat savoli #1988

Savol matnidagi bir so‘zdan bir nechta harf tushirib qoldirilgan.
“Charli va shokolad fabrikasi” filmida ochofat bolaning shokolad quvuriga tiqilib qolishini ota-ona va bolalar oldindan rejalashtirilgan ish deyishadi. Chunki o‘sha paytdagi umpa-lumpalarning qo‘shig‘ida bolaning ismi bor edi. Villi Vonka esa javoban umpa-lumpalarda MIYA kuchli bo‘lishini aytib o‘tadi. MIYA lotinchadan tarjima qilinganda “bexosdan, kutilmagan” ma’nolarini anglatadi.
Savol: Tushirilib qoldirilgan harflarni o‘rniga qo‘yib, so‘zni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish

Improvizatsiya.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar