Zakovat savoli #19863
Ikkinchi Jahon urushi davrida Belorus qishloqlaridan birida qirg‘in o‘tkazgan fashistlarga, tirik qolganlar orasidan 12 yoshli Tixon Baran ismli bola partizan lagerlariga olib boruvchi yo‘lni ko‘rsatishga rozi bo‘ladi. Lekin, bolakay dushmanni lagerga emas, o‘tib bo‘lmas botqoqqa boshlab boradi va u yerda hamma fashistlar o‘lib ketishadi. Tixon Baran haqidagi bir maqolada 17-asrda Kostromada vafot etgan inson ham eslab o‘tiladi.
Savol: Shu inson kimligini yozib bering
Savol: Shu inson kimligini yozib bering
Javobni ko'rish
Ivan Susanin.