Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #19811

Zakovat savoli #19811

Asosan turistlarga moʻljallangan “Uzbekistan Airways” jurnalida chop etilgan “Uni kim oʻylab topgan?” degan maqolada Hisor togʻlarida ov qilgan afsonaviy ikki doʻst eslanadi. Ovchilardan birining ismi fors-tojikcha “qizil”, yaʼni surx soʻzidan, ikkinchisining ismi esa turkcha “oq dogʻli”, yaʼni qashqa soʻzidan kelib chiqqan emish. Ikki doʻstning dangasaligi sabab U paydo boʻlgan deyiladi maqolada.
Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish

Tandir goʻshti.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar