Zakovat savoli #19644
Jorj Bushning prezidentlik davrida Oq Uyda u bilan birga Indiya laqabli mushugi ham yashagan. Koʻplab jurnalistlarning harakatlariga qaramay, Indiyani suratga olishning deyarli imkoni boʻlmagan. Bir maqolada bu jurnalistlar BU ISHNI QILISHGA harakat qiladigan insonlarga qiyoslangan. BU ISHNI QILISHGA harakat ilk bor 1933-yilda "Kuryer" gazetasida nashr qilingan xabardan so'ng boshlangan. BU ISHNI QILISH bilan almashtirilgan soʻzlarni qoʻsh undoshli atoqli ot ishlatib bir necha soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish
Nessini topish